Shoxrux reper "Tobora" nomli yangi qoʻshiq chiqardi

E’lon qilingan sana· 1 564
Shoxrux reper "Tobora" nomli yangi qoʻshiq chiqardi

Reper Shoxrux “Tobora” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi. Trek 31-oktabr kuni ijodkorning shaxsiy YouTube kanali hamda barcha musiqiy platformalarda premyera qilindi.

Yangi qo‘shiqning mualliflari, so‘z va musiqasi kimga tegishli ekani hozircha oshkor etilmagan. Biroq “Tobora” sevgi mavzusidagi qo‘shiqlar orasida o‘z o‘rnini topishiga umid qilinmoqda. Kompozitsiya Shoxruxning avvalgi ishlariga nisbatan sokinroq ohangda bo‘lib, unda umidsiz oshiqning his-tuyg‘ulari ifoda etilgan.

“Ikkinchi marta qilingan xato, Xato emas, aksincha bu tanlov”

Avvalroq, “Hafta artisti” ruknimizda Shoxrux reperga toʻxtalgan edik. Eslatib oʻtamiz, ertaga 1-noyabr kuni reper Shoxrux Humo Arenada konsert beradi.

Hafta artisti: Shoxrux

U butun faoliyati davomida katta intervyu bermagan, shoularda juda kamdan-kam koʻrinish bergan. Shaxsiy hayoti haqidagi ma'lumotlar ham koʻp emas. 1-noyabr kuni reper Shoxrux Humo Arenada konsert beradi. Har yili konsert taqdim etish unga an'anaga aylanmoqda. Bu yilgi konserti oldidan Afisha.uz oʻzining "Hafta artisti" ruknini aynan Shoxruxga reperga bagʻishlashga qaror qildi. 

Shoxrux

Humo Arena majmuasida reper Shoxruxning “Davom etamiz” nomli yakkaxon konsert dasturi boʻlib oʻtadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling