Dua Lipa o‘zining shaxsiy yuz parvarishi liniyasini chiqardi

E’lon qilingan sana· 119
Dua Lipa o‘zining shaxsiy yuz parvarishi liniyasini chiqardi

Kontseptsiya uning minimalizm falsafasini aks ettiradi — atigi uchta mahsulot, ortiqcha hech narsa yo‘q.

Qo‘shiqchi Dua Lipa va Britaniyaning kosmetik brendi Augustinus Bader hamkorlikda yangi yuz parvarishi liniyasi “Dua"ni taqdim etdi. Kolleksiyada uchta mahsulot mavjud: tozalovchi vosita, krem va teri tiniqligini oshiruvchi kompleks. Ularning narxi 40 dan 80 dollargacha bo‘lib, kosmetika allaqachon brendning rasmiy saytida sotuvga chiqqan.

Bu hamkorlik Augustinus Baderning mashhur shaxslar bilan premium hamkorliklar yaratish strategiyasining davomi bo‘ldi.Ilgari brend Viktoriya Bekhem va Sofiya Koppola bilan ham ishlagan. Yangi liniya yosh auditoriya uchun mo‘ljallangan bo‘lib, TFC5 deb nomlanuvchi patentlangan texnologiya asosida ishlab chiqilgan. Bu texnologiya sog‘lom va kamroq shikastlangan teri ehtiyojlariga moslashtirilgan.

Dua Lipa ushbu liniyaning kreativ direktori sifatida ishlagan. U mahsulotlarning qadoqlanish dizayni va teksturalari ustida bevosita nazorat olib borgan. Kolleksiya konsepsiyasi uning minimalizm falsafasini ifodalaydi: atigi uchta mahsulot, hech qanday ortiqcha detallarsiz.

“Men bu liniyani kundalik parvarishim uchun yaratdim: toza, sodda va samarali. Menga sifat va ilm-fanni birinchi o‘ringa qo‘yadigan jamoa bilan ishlash muhim edi. TFC5 texnologiyasi tufayli „Dua“ liniyasi terining individual ehtiyojlariga moslashib, vaqt o‘tishi bilan uning sog‘lomligini va barqarorligini yaxshilaydi,” — dedi Dua Lipa.

“Dua” liniyasidagi har bir mahsulot kundalik parvarishga oson integratsiya qilish uchun mo‘ljallangan:

  • Balancing Cream Cleanser (€38) — yumshoq tozalovchi vosita, u makiyaj, SPF va yuzdagi gʻuborlarni samarali tozalaydi;
  • Supercharged Glow Complex (€78) — vitaminli kompleks, terini tiklaydi va sog‘lom yaltirash beradi;
  • Renewal Cream (€72) — namlovchi krem, terining elastikligini oshiradi va atrof-muhit stressidan himoya qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling