"Radiohead" rok guruhi yangi merch kolleksiyasini chiqardi
E’lon qilingan sana: · 319

Britaniyalik mashhur rok huruh “Radiohead” sahnaga qaytayotgani munosabati bilan yangi merch to‘plamini taqdim etdi.
Guruhning “Europe 2025” nomli Yevropa gastrol safari 4-noyabr kuni Madrid shahrida boshlandi. Bu jamoaning so‘nggi yetti yillikdagi ilk yirik konsert turi bo‘ladi.
Yangi kolleksiya guruhning eng muhim albomlariga bag‘ishlangan bo‘lib, dizaynerlar “Kid A” va “Amnesiac” albomlari uchun rassom Stenli Donvud yaratgan san’at asarlaridan ilhom olishgan. Shuningdek, kolleksiyada “The King of Limbs” va “In Rainbows” albomlariga ishoralar ham mavjud.
Toʻplamda xudi, futbolkalar, jemperlar, kepka, suv idishi, poster hamda nishonlar to‘plamlari ham joy olgan.

