Gayane Umerova YUNESKO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi raisi etib saylandi

E’lon qilingan sana· 126
Gayane Umerova YUNESKO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi raisi etib saylandi

Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo davlatlar Gayane Umerovani YUNESKO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi raisi etib sayladi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova madaniy meros va zamonaviy san’atni targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun e’tirof etilgan.

Shuningdek, Oʻzbekistonning xalqaro madaniy ishtirokini mustahkamlash, madaniy diplomatiyani rivojlantirish hamda mamlakat merosini asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslari ta’kidlangan.

Gayane Umerova oldinroq birinchi Buxoro zamonaviy san’at biennalesi komissari sifatida ishlagandi. U suhbatda biennalening asosiy g‘oyalari va konsepsiyasi, shuningdek, Buxoro madaniy merosi va zamonaviy badiiy amaliyotlarni birlashtiruvchi xalqaro maydon sifatidagi roli haqida so‘zlagandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling