"Setora" guruhining "U biladi" nomli yangi qoʻshigʻi premyera qilindi
E’lon qilingan sana: · 55

“Setora” guruhining “U biladi” deb nomlangan yangi qoʻshigʻi taqdim etildi. Qoʻshiqni guruhning ikki a’zosi Feruza Latipova va Laylo Galiyeva ijro etishgan.
Yangi trek matni hamda musiqasi qoʻshiqchi va bastakor Shaxnoz tomonidan yaratilgan. Qoʻshiq 11-noyabr kuni bir qancha radio kanallarda premyera qilingan va youtube platformasiga joylangan.
Avvalroq, “Setora” guruhning 18−21 dekabr kunlarida konsert dasturi boʻlib oʻtishi hamda bu yilgi konsertida guruh a’zosi Komila Xoʻjayeva ishtirok etmasligi haqida xabar bergan edik.