Bollivudning afsonaviy aktyori Dharmendra vafot etdi

E’lon qilingan sana· 181
Bollivudning afsonaviy aktyori Dharmendra vafot etdi

Hind kinosining eng yorqin yulduzlaridan biri, prodyusser, rejissyor, siyosatchi va aktyor Dharmendra 89 yoshida yurak yetishmovchiligi sababli vafot etdi.

Ko‘p yillardan beri surunkali yurak kasalligi bilan kurashib kelgan aktyor so‘nggi kunlarda ahvoli og‘irlashgani sababli hayotini saqlab qolish uchun sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan edi.

60 yillik faoliyati davomida Dharmendra hind kinosiga o‘chmas iz qoldirdi. U aksiya, komediya, romantik va drama janrlarida 300 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan, o‘zining insoniy xarakteri va sahnadagi kuchli obrazlari bilan tanilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling