Billi Aylishning "Hit Me Hard and Soft" 3D filmiga Jeymes Kemeron rejissyorlik qiladi

E’lon qilingan sana· 312
Billi Aylishning "Hit Me Hard and Soft" 3D filmiga Jeymes Kemeron rejissyorlik qiladi

Amerikalik mashhur qoʻshiqchi Billi Aylish rejissyor Jeymes Kameron bilan hamkorlikda yirik loyihasini e’lon qildi. U oʻzining Instagram sahifasida “Hit Me Hard and Soft” konsert turining 3D hujjatli filmi ishlab chiqilayotgani haqida post joylagan.

“Bu mening eng sevimli turlarimdan biri va uni tasvirga olish va Jeymes Kemeron bilan birgalikda ishlash — chinakam orzumning ro‘yobidir. Barchangiz bu filmini ko‘rishingizni sabrsizlik bilan kutaman,” —deb yozgan Aylish.

Billi Aylishning bundan oldingi “Billie Eilish: The World’s a Little Blurry” hujjatli filmi va “Happier Than Ever: A Love Letter to Los Angeles” kabi konsert filmlari mavjud.

Ushbu hujjatli film Paramount Pictures tomonidan 2026-yil 20-mart sanasida premyera qilinishi rejalashtirilgan

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling