Pi Diddi haqida mini serial premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 649
Pi Diddi haqida mini serial premyera qilinadi

Amerikalik reper, musiqiy prodyusser Pi Diddi (Shon Kombs) faoliyati haqida :Sean Combs: The Reckoning" nomli hujjatli mini serial suratga olindi.

Filmda ijodkorning karyerasidagi inqiroz haqida hikoya qilinadi. Loyihaga reper 50 Cent prodyuserlik qilgan. Aleksandriya Steplton esa rejissyor boʻlib ishlagan.

Serial mualliflari avvalroq “minbari yo‘qlarga minbar berishga intilishda qat’iy ekanliklarini” tan olishgan va Kombs atrofidagi voqealarga turli nuqtai nazarlar haqida batafsil ma’lumot berishni xohlashini aytishgan. Avvalroq 50 Cent loyihadan tushgan daromadni jinsiy zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishga va’da bergandi.

Shu yilning iyul oyida Diddi giyohvand moddalar ta’sirida gʻayritabiiy usullarda jinsiy aloqa qilish uchun shtatlar chegarasidan odamlarni olib o‘tishda aybdor deb topilgan. U 4 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. San’atkorni reket, shuningdek, jinsiy jinoyatlar va odam savdosi bilan shug‘ullanish maqsadida til biriktirganlikda aybdorligini isbotlanmagan va u bu boʻyicha oqlangandi. Ushbu jinoyatlar uchun u umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin edi.

Mini serial 2-dekabr kuni Netflix striming platformasida premyera qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling