Javohir Sindarovga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi unvoni va uy topshirildi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan Javohir Sindarovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi.
Mukofot unga mamlakatda shaxmat sport turini yanada rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi, jahon miqyosida O‘zbekiston sharafini himoya qilib, yuqori natijaga erishgani, yoshlarni milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari va boshqalar uchun berildi.
Qolaversa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Sindarovga prezident sovg‘asi — 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli grossmeyster Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘alaba g‘ozondi. U finalda xitoylik tay breyk qismida xitoylik Ven yi bilan oq donalarda durang oʻynab, qora donalarda raqibni magʻlub etdi.