Gulshan Alimardonova – O‘zbekiston tarixida jahon chempioniga aylangan ilk ayol karatechi
E’lon qilingan sana: · 247

O‘zbekistonlik Gulshan Alimardonova Misrning Qohira shahrida karate sport turidan bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida -50kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Sport vazirligi matbuot xizmati.
Gulshan O‘zbekistonda jahon chempioni bo‘lgan ilk ayol karatechi bo‘ldi. U finalda malayziyalik Shahmalarani Chandranni 6:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shu paytga qadar jahon chempionatida O‘zbekistondan faqat Dastonbek Otabolayev oltin medalini qo‘lgan kiritgan edi.