Zulfiqor Musoqov Fayzulla Xoʻjayev haqida film suratga olmoqda

E’lon qilingan sana· 336
Zulfiqor Musoqov Fayzulla Xoʻjayev haqida film suratga olmoqda

Rejissyor Zulfiqor Musoqov siyosiy arbob Fayzulla Xoʻjayev haqida “Tegirmon” nomli film suratga olayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Oltin Humo” taqdirlash marosimidagi intervyuda gapirdi.

Oʻzbekistonning ilk rahbari hisoblanadigan Fayzulla Xoʻjayev 1896-yil Buxoroda tugʻilgan. U 13 yil davomida Oʻzbekiston SSRni boshqargan, shuningdek, qatagʻonga uchragan.

“Hozir biz „Tegirmon“ nomli katta loyihani boshladik. Bu — tarixiy film, „Tirik tarix“ turkumiga kiradi. Kino buyuk va fojiali hayot kechirgan Oʻzbekiston oʻgʻloni Fayzulla Xoʻjayev hayoti haqida”, — dedi Zulfiqor Musoqov.

Zulfiqor Musoqovning soʻnggi filmi “Umida (Fudziyama haqida tush)” hisoblanadi. Rejissyor bu ishi uchun faoliyati davomidagi ikkinchi “Oltin Humo” mukofotini qoʻlga kiritdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling