“Ay Yola” guruhi O‘zbekistonga kelmoqda
E’lon qilingan sana: · 146

2025-yilda xitga aylangan “Homay” qo‘shig‘i ijrochilari Boshqirdistonning mashhur “Ay Yola” guruhi O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Guruh 28-yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti nomzodlarini tantanali taqdirlash marosimida mehmon sifatida ishtirok etadi.
Shuningdek, marosimda Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti Nigina Amonqulova, Ozarbayjon xalq artisti Mensum Ibrahimov, shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Gulyanaq Memedova ham mehmon bo‘lishi kutilmoqda.
Marosimini 28-yanvar kuni soat 19:00 da ZO‘R TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, nomzodlarga ovoz berish jarayoni davom etmoqda.