Bloger Habi Leym o‘zining SI nusxalarini yaratish huquqini deyarli 1 milliard dollarga sotdi

E’lon qilingan sana· 186
Bloger Habi Leym o‘zining SI nusxalarini yaratish huquqini deyarli 1 milliard dollarga sotdi

270 million obunachiga ega TikTok tarixidagi eng mashhur blogerlardan biri Habi Leym “Step Distinctive Limited” kompaniyasini qisman Amerikaning “Rich Sparkle Holdings” firmasiga 975 mln dollarga sotdi.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, keyingi uch yil davomida kompaniya Leymening butun dunyo bo‘ylab daromad olishning barcha usullarini — reklama va litsenziyalashdan tortib, uning nomi ostida mahsulotlarni sotishgacha bo‘lgan eksklyuziv huquqini oladi.

Qayd etilishicha, endi blogerning daromadi alohida reklama shartnomalariga emas, balki uning nomi atrofida qurilgan butun biznesning umumiy muvaffaqiyatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

“Bu shunchaki ulushga ega bo‘lish emas, balki kontent elektron tijoratining global modelida inqilobdir”, — deya ma’lum qilgan kompaniya.

Shuningdek, bitimning eng innovatsion elementlaridan biri Leymening sun’iy intellektga asoslangan raqamli egizagini yaratishga roziligi bo‘lgan. Uning yuzi, ovozi va xatti-harakatlariga ega bo‘lgan ushbu sun’iy intellekt nusxasi kecha-yu kunduz turli tillarda translyatsiyalar olib borishi va tijorat bilan shug‘ullanishi mumkin, bu esa brendning qamrovi va imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling