Armaniston bosh vaziri oʻzining musiqiy guruhi bilan konsert berdi

Armaniston bosh vaziri (mamlakatning birinchi shaxsi) Nikol Pashinyan 30-yanvar kuni Yerevanda ilk bor o‘zining “Varchabend” musiqiy guruhi bilan konsert berdi. Konsertdan olingan videoni u o‘zining Telegram kanalida e’lon qildi.
Armaniston hukumati rahbari baraban chaldi. Guruh tarkibiga ikki vokalchi, pianinochi, saksofonchi va gitarachi ham bor.
Guruh tuzilganiga koʻp boʻlgani yoʻq, Pashinyan uni 26-yanvar kuni e’lon qilgandi. “Varchabend” nomi armancha “varchapet” (“bosh vazir”) va inglizcha “band” (“guruh”) so‘zlarining dastlabki ikki bo‘g‘inidan hosil bo‘lgan.
Avvalroq Nikol Pashinyan ijtimoiy tarmoqlarda oʻzining musiqiy videolari bilan trendda yurgandi. Bosh vazirning kabinetidagi turli musiqa fonidagi qisqa videolari uning yuz ifodasi va pleylistida yaxshi ijod namunalari mavjudligi bilan koʻpchilikning e’tiborini tortibgina qolmay, yangi toʻlqinni yaratdi. Uning pleylisti bilan quyidagi materialda tanishib chiqishingiz mumkin.
Erkaklarda depressiya boʻlmaydi, ular shunchaki Zemfira eshitadi, yoxud Nikol Pashinyan pleylisti
Soʻnggi kunlarda Instagram tarmogʻida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning shaxsiy profilidagi video postlari trendga aylanmoqda