Netflix BTS’ning to‘rt yildan keyingi ilk konsertini jonli efirda namoyish etadi

E’lon qilingan sana· 102
Netflix BTS’ning to‘rt yildan keyingi ilk konsertini jonli efirda namoyish etadi

Netflix 21-mart kuni janubiy koreyalik mashhur K-pop guruhi BTS’ning so‘nggi to‘rt yil ichidagi ilk konsertini jonli efirda namoyish etadi. Bu haqda striming xizmati X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Konsert guruhning “Arirang” nomli yangi albomi chiqishidan bir kun o‘tib, Seul shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir rejissyori sifatida taniqli britaniyalik mutaxassis Hemish Hemilton ishlaydi. Ushbu konsert Netflix tarixida Janubiy Koreyadan butun dunyo bo‘ylab jonli efirda namoyish etiladigan ilk translyatsiya bo‘ladi.

Shuningdek, 27-mart kuni Netflixda BTS’ning sahnaga qaytishga tayyorgarligi haqidagi “BTS: The Return” nomli hujjatli filmni ham premyera qilinadi. Film rejissyori Bao Nguyen. Film rejissyori Bao Nguyen. Hujjatli filmda guruh a’zolarining hozirgi ruhiy va ijodiy holatini aks ettiruvchi yangi musiqalar ustida ishlash jarayoni tasvirlanadi.

Avvalroq, BTS aprel oyidan boshlab jahon gastrol safariga chiqishi haqida ma’lum qilgan edik. Tur doirasida 79 dan ortiq konsert rejalashtirilgan. Dunyo boʻylab boʻlib oʻtadigan tur 2027-yilgacha davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling