Massa "Freestyle 3" chiqishini e'lon qildi: bu safar kimlar chiqadi?

E’lon qilingan sana· 1 404
Massa "Freestyle 3" chiqishini e'lon qildi: bu safar kimlar chiqadi?

Reper Massa “Freestyle” musiqiy seriyasining 3-qismi premyera qilinishini e’lon qildi. Unda ham oldingilarida boʻlgani kabi 5 ta reper yigʻiladi.

“Freestyle"da bu safar Massadan tashqari Abrobey, Java, Shoxrux Ummon, Yunka va Doxximlar chiqish qiladi. Hozirgacha har bir ijodkor aytgan joylaridan fragmentlar e’lon qilingan.

Ular oʻz uslubida kuylagan, Abrobey repni “surxonchasiga” kuylagan: “Bu ilk rep surxonchasiga, erkin ijod — janubdan turib beramiz zarba”, deb boshlaydi u oʻz qatorlarini.

Java

Shoxrux Ummon

Abrobey

Yunka

Doxxim

Reperning aytishicha, bu safar old school uslubida bit tanlangan va uni zamonaviy koʻrinishga keltirish uchun bass qoʻshilgan. Shuningdek, klipda har bir ijodkorning kayfiyati va uslubiga moslab rang tanlangan, masalan, Yunka uchun binafsha, Doxximda qizil, Abrobey — sargʻish va hokazo.

Trek 13-fevral kuni 00:00 da premyera qilinadi. Reperning va’da berishicha, klip YouTube’da 38 ming layk yigʻsa, loyihaning 4-qismi ustida ish boshlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling