Tramp oʻzga sayyoraliklar va NUJlar haqidagi maxfiy hujjatlarni ommaga ochiqlashga va'da berdi

E’lon qilingan sana· 608
Tramp oʻzga sayyoraliklar va NUJlar haqidagi maxfiy hujjatlarni ommaga ochiqlashga va'da berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp mudofaa vaziri va boshqa tegishli idoralarga yerdan tashqaridagi hayot, noma’lum havo hodisalari va noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq davlat materiallarini aniqlash va maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda AQSH prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Tramp buni jamiyatning ushbu “o‘ta murakkab, ammo favqulodda muhim masalalarga” bo‘lgan ulkan qiziqishi bilan izohladi. Siyosatchi hujjatlarni e’lon qilish muddatlariga aniqlik kiritmadi.

Yaqinda Barak Obama AQSH harbiy bazalarida, jumladan, fitna nazariyalari tarqalgan “51-hududda” ham o‘zga sayyoraliklar saqlanmasligini aytgandi. U bunday katta va muhim ma’lumotni prezidentdan yashirish faqatgina yirik fitna nazariyalaridagina boʻlishini qayd etgandi.

Oradan bir kun o‘tib, ijtimoiy tarmoqlarda Obamaning bayonoti tarqalgach, u koinotning ulkan o‘lchamlari tufayli o‘zga sayyoraliklar hayotiga ishonishini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, sobiq prezident Oq uyda bo‘lganida o‘zga sayyoraliklar bilan shaxsan to‘qnash kelmaganini ta’kidladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling