Shohruhxon, Manzura, Ulugʻbek Rahmatullayev: oʻzbek estradasidagi eng soʻnggi premyeralar

E’lon qilingan sana· 210
Shohruhxon, Manzura, Ulugʻbek Rahmatullayev: oʻzbek estradasidagi eng soʻnggi premyeralar

Bahor yaqinlashgani sari media olami ham uygʻonib boraveradi. Soʻnggi haftalarda estrada xonandalari bir qancha premyeralarini taqdim etishdi. Bular orasida ancha paytdan beri koʻrinish bermagan Ulugʻbek Rahmatullayev va Dilfuza Ismoilova kabi ijodkorlar hamda ketma-ket xit taronalarni taqdim etib kelayotgan Gʻaybulla Tursunov va Izzat Shukurovning yangi ijod namunalari oʻrin olgan.

Dilfuza Ismoilova

Xonanda Dilfuza Ismoilova tannafusdan soʻng sevgi va sadoqat haqida kuylangan “Bir umr yashayman” nomli yangi qoʻshiq va unga ishlangan klipni taqdim etdi. Qoʻshiq matni va musiqasi Jahongir Ubaydullayevga tegishli.


Yorqinxoʻja Umarov

Yoqinxoja Umarov ananaviy yor-yor mavzusiga yaqin boʻlgan “Kelinchak” nomli yangi qoʻshigʻini va unga ishlanagan videoklipni chiqardi. Klipda yangi hayot boʻsagʻasida turgan qiz va otasining kechinmalari yoritilgan. Aktyorlar tarkibida aktyor Rixsitilla Abdullayev ham qatnashgan. Qoʻshiq matni va musiqasi Farrux Kamolovga tomonidan yozilgan.


Izzat Shukurov

Soʻnngi paytlardagi romantik qoʻshiqlari bilan tanilayotgan Izzat Shukurov yana bir sevgi va muhabbat haqida kuylangan “Ketma qol” nomli yangi taronasini premyera qildi. Qoʻshiq uchun ishlangan klipda bokschi Shahram Gʻiyosov qatnashgan.


Xamdam Sobirov

Xit qoʻshiqlar muallifi Xamdam Sobirov ham bahorning ilk kunida yangi “Yolgʻizim” nomli trekini premyera qildi. Qoʻshiq muallifi Xamdam Sobirovning oʻzi, aranjirovka ustida Jasur Badalbayev ishlagan.


Gʻaybulla Tursunov

Yana bir xit qoʻshiqlar yaratuvchisi Gʻaybulla Tursunov ayriliq haiqdagi “Kelmadi” nomli qoʻshigʻini va unga ishlangan videoklipni taqdim qildi. Klip rejissori Shoxruz Mamatjonov, musiqa va matn muallifi Alem Choriyev.


Manzura

Xonanda Manzura “Sevalmadingizmi” nomli yangi qoʻshiq va Ikrom Ali rejissorligidan videoklip chiqardi. Yangi qoʻshiq ayriliq mavzusida ishlangan.


Ulugʻbek Rahmatullayev

Uzoq tanaffusdan soʻng Ulugʻbek Rahmatullayev “Hayot” nomli qoʻshigʻini va unga ishlangan videklipni taqdim qildi.


Shohruhxon

Shohruhxon yomon illatlar va ulardan voz kechish kerakligi haqida “Oʻyin” nomli qoʻshiq kuyladi. Qoʻshiqning videoklip komedik uslubda ishlangan boʻlib, unda qoʻshiqchi va bloger Yunkaa va Bobur Mavlonov, shuningdek, Shohruhxonning oʻzi ham rol ijro etgan.


Jasur Umirov

Xonanda Jasur Umirov turmush oʻrtogʻiga atab “Sen” nomli qoʻshiq va videoklip taqim qildi.


Jasurbek Mavlonov

Xonanda Jasur Mavlonov “Majnuningman” nomli yangi qoʻshigʻini premyera qildi. Qoʻshiq uchun ishlangan klipda yosh juftlik Shahlo Alijonova va Shoxruz Roʻziboyev ishtirok etgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling