"Yolgʻiz ona": Khusnorik va Shokirdan yangi duet premyerasi
E’lon qilingan sana: · 543

Bloger va qo‘shiqchi Khusnorik reper Shokir bilan yangi duetni taqdim etdi. “Yolg‘iz ona” deb nomlangan trekda bolasini yolg‘iz katta qilayotgan onalarning hayoti va ularning duch keladigan qiyinchiliklari tasvirlangan.
Qo‘shiq matni Shaxboz Nosirjanov, musiqasi esa Asadbek Xudayberganovga tegishli. Trek uchun ishlangan videoklip rejissor Baxtiyor Safarov tomonidan suratga olingan. Unda bir nechta ayol va bolalarning taqdiri, hayotdagi sinovlar hamda yolg‘iz onalarning kurashi badiiy tarzda aks ettirilgan.