Otabek Madrahimov dekabrda yubiley konsertini beradi

Yaqinda boʻlib oʻtgan “Million” jamoasi konsert dasturi doirasida aktyor va xonanda Otabek Madrahimov Afisha.uz muxbiriga bergan intervyusida ijodiy rejalariga to‘xtaldi.
Ijodkorning ma’lum qilishicha, u 2026-yilning dekabr oyida yubiley konsert dasturini o‘tkazishni rejalashtirmoqda va yana sahnaga qaytishi mumkin. Uzoq tanaffus sababi sifatida esa farzandlarining AQSh universitetlariga o‘qishga kirgani hamda otalik mas’uliyatlari tufayli vaqtincha ijoddan chekinishga majbur bo‘lganini aytib o‘tdi. Endilikda esa san’atga qaytish va faol ijod bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat paydo bo‘lganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Otabek Madrahimov 90-yillarda mashhurlik cho‘qqisiga chiqqan bo‘lib, uning “Lola”, “Malika budur”, “Labingdan o‘pay” kabi qo‘shiqlari keng ommalashgan. Ijodini baraban chalishdan boshlagan san’atkor keyinchalik aktyorlik yo‘nalishida ham o‘zini sinab ko‘rgan. U ilk bor “Chapani oshiq” filmida debyut rolini ijro etgan.