"Komila": Gʻaybulla Tursunovdan yangi klip premyerasi
E’lon qilingan sana: · 441

Xonanda G‘aybulla Tursunov yangi “Komila” nomli qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni taqdim etdi.
Qo‘shiq matni va musiqasi Shuhrat Zakirovga tegishli. Yangi trek ijodkorning avvalgi ishlari kabi raqsbop, sevgi-muhabbat haqidagi kompozitsiya sifatida yangraydi.
Klip ham qo‘shiq kayfiyatiga mos tarzda suratga olingan: ochiq havodagi bahoriy atmosfera, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan qiz va uning dugonalari, hamda kutilmaganda sozandalari bilan kirib kelgan G‘aybulla Tursunov obrazlari aks etgan.