Kristofer Nolan haligacha smartfon va elektron pochtadan foydalanmasligini aytdi

E’lon qilingan sana· 1 027
Kristofer Nolan haligacha smartfon va elektron pochtadan foydalanmasligini aytdi

Rejissyor Kristofer Nolan smartfonsiz yashayotganini va hech qachon elektron pochtadan foydalanmaganini aytdi. Bu haqda u 60 Minutes dasturiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Nolanning so‘zlariga ko‘ra, u hanuzgacha qog‘ozga chiqarilgan e.mail'lar orqali ishlaydi va zamonaviy gadjetlarga qiziqmagan. Rejissyor safarlarda oddiy buklanadigan telefon olib yurishini ham aytgan.

“Har kuni bu yanada qiyinlashmoqda. Ayniqsa QR-kodlarning qaytishi hayotni ancha murakkablashtirdi”, — deydi Nolan.

Ma’lumot uchun, rejissyorning yangi “Odisseya” filmi 2026-yil 17-iyul kuni premyera qilinishi rejalashtirilgan. Kartina kino tarixida to‘liq IMAX kameralarida suratga olingan ilk film bo‘lishi aytilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling