Bir qator madaniyat va san'at sohasi vakillari mukofotlandi
E’lon qilingan sana: · 740

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni
- G‘iyos Boytoyev — O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi;
- Rustamjan G‘oipov — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;
- Matyoqub Matchanov — O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi, kinoaktyor;
- Uchqun Tillayev — Ichki ishlar vazirligining madaniyat saroyi badiiy rahbari, aktyor;
- Abduraxman Xoltajiyev — O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli artist-sozandasi;
- Ra’no Yarasheva — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyoriga topshirildi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni
- Otabek Mamazoitov (Muhammadzohid) — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Farg‘ona viloyati bo‘linmasi xonandasi;
- Tolib Muminov — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori;
- Masuda Otajanova — Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri solist-vokalisti;
- Xurshid Rasulov — “Xalqlar do‘stligi” ansambli estrada xonandasi;
- Ilmira Raximjanova — “Art house Hamsa” xususiy teatri rahbari, aktrisa;
- Munisa Rizayeva — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;
- Asqar Xolmuminov — O‘zbek Milliy akademik drama teatri bosh rejissyoriga topshirildi.
“El-yurt hurmati” ordeni bilan
- A’zamov Erkin Normamatovich — “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, yozuvchi;
- Zulfiqor Musoqov — “O‘zbekfilm” kinokonserni davlat muassasasi postanovkachi rejissyori;
- Xalilova Mavluda Boltayevna (Matluba Dadaboyeva) — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi professori, maqom xonandasi taqdirlandi.
Bundan tashqari, komik Mirshakar Fayzulloyevga “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi. Taqdirlanganlarning toʻliq roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.