Qoʻshiqchi Oliver Tri vertolyotlar toʻqnashuvi oqibatida halok bo‘ldi

Musiqachi Oliver Tri Rio-de-Janeyroda ikki vertolyot to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda CNN Brazil Rio de-Janeyro politsiyasiga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Ulardan beshtasi (jumladan, argentinalik bloger Gaspi) bitta vertolyotda bo‘lgan, yana biri ikkinchi vertolyot uchuvchisi bo‘lgan. Vertolyotlardan biri avtoturargohga qulab tushgan, shundan so‘ng yong‘in boshlangan. Oliverning Instagramdagi so‘nggi posti ovoz yozish studiyasidan olingan surat edi.
Oliver Tri (asl ismi Oliver Tri Nikell) — amerikalik qo‘shiqchi va reper. U alternativ hip-hop, indi-rok, elektron musiqa va boshqa janrlarda musiqa yaratgan.
Uning xitga aylangan qoʻshiqlari orasida “When I’m Down”, “Life Goes On”, “Alien Boy”, “Hurt” va boshqalar bor. Ijrochining Spotify’da oyiga 11 milliondan ortiq tinglovchisi boʻlgan. U 32 yoshda edi.