Messi "O‘rgimchak odam" filmining reklama roligida Piter Parker bilan uchrashdi

Sony Pictures hozirda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga bag‘ishlangan “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmining reklama roligini e’lon qildi. Unda Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Piter Parker bilan uchrashadi.
Rolik syujetiga koʻra, Messi O‘rgimchak odamni qidirib qahvaxonaga kiradi, lekin uning o‘rniga Piter Parkerni uchratadi. Mashhur futbolchini tanigan Parker superqahramonga aylanish uchun tezda qochib ketadi.
“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmining premyerasi 31-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Kinokartina allaqachon unutilgan, ammo Nyu-Yorkni jinoyatchilikdan himoya qilishda davom etayotgan Piter Parker haqida hikoya qiladi.
Tom Holland, Zendeya va Jeykob Batalon o‘z rollariga qaytadi. Filmda Marvel kino olamining superqahramonlari Xalk, Jazolovchi (Karatel) va aktrisa Sedi Sink rol ijro etgan yashirin qahramon koʻrinish beradi.
Avvalroq Messi ChatGPT reklamasida ham suratga tushgandi. Qisqa videoda sportchi chat-botdan suratda sochlarini Argentina bayrog‘i ranglariga bo‘yashni so‘raydi.