Gulchehra Jamilova "Madaniyat va san’at fidokori" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova 80 yillik tavalludi munosabati bilan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2-iyul kuni 80 yoshini qarshi olgan aktrisaga madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tabrik yoʻllagan. Buni vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov o‘qib eshittirgan.
Ma’lumot uchun, Gulchehra Jamilova ilk rollarini “Veronalik ikki yigit”, “Qonli sarob” dramalarida ijro etgan. Shuningdek, “Ko‘rmayin bosdim tikonni”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Yo‘qotilgan uzuk”, “Boy ila xizmatchi”, “Otello”, “Fig‘on” hamda “Sohibqiron” spektakllarida turli qahramonlarni gavdalantirgan.
Aktrisa faoliyati davomida “Oʻtkan kunlar”, “Shaytanat”, “Haiqiqiy erkaklar ovi” kabi oʻzbek xalqi orasida kultga aylangan film va seriallarda ham asosiy qahramonlar obrazlarini gavdalantirgan.
Avvalroq Afisha.uz Gulchehra Jamilovaning e’tiborga molik rollari haqida maqola e’lon qilgandi.
"Oʻtkan kunlar", "Shaytanat", "Abdulla Oripov": Gulchehra Jamilovaning e'tiborga molik rollari
Kino va teatr akstrisasi boʻlgan Gulchehra Jamilova oʻzining turfa xil rollari bilan koʻplab muxlislar mehrini qozongan. Koʻpchilik uni "Oʻtkan kunlar"dagi Kumush yoki "Shaytanat" serialidagi Asadbekning xotini deb biladi. Ammo aktrisaning boshqa rollari ham e'tibor qaratishga arziydi. Bugun, 2-iyul kuni aktrisa 79 yoshga toʻldi. Afisha.uz ushbu maqolada Gulchehra Jamilovaning e’tiborga molik rollari haqida ma’lumot beradi.