Ulug‘bek Qodirov yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi
E’lon qilingan sana: · 178

Taniqli aktyor va xonanda Ulug‘bek Qodirov yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni taqdim etdi. Tarona “Xonim-ey” deb nomlanadi.
Klip sun’iy intellekt yordamida yaratilgan. Unda xonanda sahna markazida kuylayotgani, muxlislari esa raqsga tushayotgani tasvirlangan.
Qo‘shiq matnini Eldor Qayumov yozgan. Musiqasi esa Jamshid Gafarov tomonidan bastalangan. Klip YouTube’da hozirgacha 35 ming martadan ortiq ko‘rilgan.