Britaniyalik qo‘shiqchi Bonni Tayler vafot etdi

E’lon qilingan sana· 149
Britaniyalik qo‘shiqchi Bonni Tayler vafot etdi

Britaniyalik qo‘shiqchi Bonni Tayler vafot etdi. Bu haqda BBC xonandaning rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotga tayanib xabar berdi.

San’atkor 75 yoshda edi. U Portugaliyadagi shifoxonada vafot etgan. Yaqinlari uning o‘limi haqidagi xabardan so‘ng oila shaxsiy hayotini hurmat qilishni so‘ragan.

May oyida Tayler shoshilinch ichak operatsiyasini boshdan kechirgandi. U sun’iy koma holatiga ham tushirilgan.

Yulduzning asl ismi Geynor Hopkins. U 1951-yil 8-iyunda Buyuk Britaniyaning Skuen shahrida tug‘ilgan.

Xonandaning mashhur xitlari orasida “Total Eclipse of the Heart”, “Holding Out for a Hero” va “It's a Heartache” bor. 2026-yilda xonandaning Yevropada 20 dan ortiq konserti bo‘lib o‘tishi kerak edi. Tayler oxirgi marta mart oyida sahnaga chiqqan, o‘shanda san’atkor Londonda konsert bergan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling