"Men yaratganman bu tizimni": "Q.zlar" guruhi sobiq a'zosi Shahlo yangi qoʻshiq chiqardi

E’lon qilingan sana· 405
"Men yaratganman bu tizimni": "Q.zlar" guruhi sobiq a'zosi Shahlo yangi qoʻshiq chiqardi

“Q.zlar” guruhi sobiq a’zosi Shahlo Oʻktamova yangi “Q.zil” deb nomlangan yangi qoʻshigʻini e’lon qildi. Bu xonandaning yakkaxon ijodni boshlaganidan keyingi ilk qoʻshigʻi hisoblanadi.

Bundan tashqari, qoʻshiq uchun klip ham suratga olingan boʻlib, uning premyerasi 13-iyul kuniga belgilangan.

Qoʻshiq soʻzlarida Shahloning “Q.zlar” guruhidan chiqib ketishi va jamoaning qolgan a’zolari bilan konfliktga ishoralar bor. Xususan, trekda “Ochsam haqiqatni bitta argument bilan yopiladi yuzing” kabi soʻzlarni tinglash mumkin.

Avvalroq 18-may kuni “Q.zlar” guruhining Instagram sahifasida Shahlo O‘ktamovaning guruhdagi faoliyati tugagani haqida post e’lon qilingandi. YuzLabel prodyuseri Abdulbosit Hamidboyev (MORF) bu qarorga guruhga javobgar sifatida shaxsan oʻzi kelgani va boshqa ikki ishtirokchi — Dinora va Amirada umuman ayb yoʻq ekanini ta’kidlagandi.

Shahlo Oʻktamovaning oʻzi esa Instagram sahifasida ushbu vaziyat yuzasidan fikr bildirib, guruhdan ketish uning fikri boʻlmaganini aytgandi.

“Bu yuzaga kelgan vaziyatda yagona yechim edi”: Shahlo O‘ktamova “Q.zlar” guruhidan chetlashtirildi

18-may kuni “Q.zlar” guruhining Instagram sahifasida Shahlo O‘ktamovaning guruhdagi faoliyati tugagani haqida post e’lon qilindi. Afisha.uz YuzLabel prodyusseri Abdulbosit Hamidboyevda (MORF) vaziyat yuzasidan izoh oldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling