Nahide Babashli turmushga chiqdi

E’lon qilingan sana· 316
Nahide Babashli turmushga chiqdi

Ozarbayjonlik taniqli xonanda Nahide Babashli 13-iyul kuni turmushga chiqqanini e’lon qildi. U turkiyalik fitnes murabbiy Halim Baydur bilan oila qurgan.

Juftlikning nikohdan o‘tish marosimiga turk estradasi yulduzlari Irmak Ariji, Ayten Rasul va Nigor Muharram taklif etilgan. Xonandaning akasi Nahid Babashli ham kecha mehmoni bo‘lgan.

Xonanda marosimda o‘ng qo‘li gips holda qatnashdi. U bir kun oldin barmog‘i biroz lat yeganini aytgan. To‘y marosimi bo‘lishi haqida hozircha aniq xabarlar yo‘q.

  • false
  • false
  • false

Nahide Babashli ozarbayjonlik taniqli qo‘shiqchi, u 1996-yil 24-sentabrda Boku shahrida tug‘ilgan. 2018-yildan boshlab, turkiy tillarda ijod qiluvchi xonandalar qo‘shiqlariga kover ishlab, internet yulduziga aylangan.

Keyinchalik ijodkor o‘zining mualliflik qo‘shiqlarini ham reliz qilib, 10 dan davlatda yakkaxon konsertlar bergan. Uning Murat Gyokebanning “Ay yuzlum” taronasiga ishlangan koveri YouTube’da 115 milliondan ortiq tinglangan.

  • false
  • false

Halim Baydur esa turkiyalik bodibilder bo‘lib, 1989-yil 26-aprelda Yalova shahrida tug‘ilgan. U IFBB Professional ligasi sportchisi va Physique yo‘nalishi chempioni hisoblanadi. Hozirda Istanbuldagi HB Fitness mashg‘ulotlar zalida murabbiylik faoliyatini olib boradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling