“Uyda yolg‘iz 2” filmi yulduzi Brenda Friker 81 yoshida vafot etdi

E’lon qilingan sana· 451
“Uyda yolg‘iz 2” filmi yulduzi Brenda Friker 81 yoshida vafot etdi

Irlandiyalik aktrisa Brenda Friker 81 yoshida vafot etdi. U “My Left Foot” filmidagi roli uchun “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida “Oskar"ni qo‘lga kiritgan ilk irlandiyalik aktrisa sifatida tarixga kirgan.

Keng auditoriyaga esa u “Uyda yolg‘iz 2” filmida Markaziy bog‘dagi “qushlar onasi” obrazi orqali tanilgan. Shuningdek, u BBC’ning uzoq yillar efirda bo‘lgan “Casualty” tibbiy dramasida hamshira Megan Rouch rolini ijro etgan.

Brenda Friker Dublinda tug‘ilgan va aktyorlik faoliyatini 1960-yillarda boshlagan. Faoliyati davomida “A Time to Kill”, “Angels in the Outfield”, “Veronica Guerin” kabi filmlarda ham rol o‘ynagan.

Aktrisaning agenti Fil Belfild uning vafoti munosabati bilan “Unga o‘xshagan insonni boshqa ko‘rmaymiz. Uni taniganim va u bilan ishlaganim men uchun sharaf edi”, deya ta’ziya bildirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling