“Drive” filmidagi Nightcall trekini yaratgan DJ Kavinsky vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 111

Fransiyalik DJ va musiqachi Kavinsky (asl ismi — Vensan Belorje) Parijdagi xonadonida o‘lik holda topildi. U 50 yoshda edi. Bu haqda France24 xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, musiqachi bilan bog‘lana olmagan qo‘shnisining murojaatidan so‘ng voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, o‘limga insult sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Kavinsky 2011-yilda ekranlarga chiqqan “Drive” filmi saundtrekidan o‘rin olgan Nightcall treki bilan butun dunyoga tanilgan. Shuningdek, u 2024-yilgi Parij Olimpiadasining yopilish marosimida ham chiqish qilgan.