Rustam Sagdullayev xalqaro kinofestivalda faxriy mukofot bilan taqdirlandi
E’lon qilingan sana: · 124

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sagdullayev Rossiyaning Pskov shahrida bo‘lib o‘tgan VII “G‘arbiy darvozalar” xalqaro kinofestivalida “Kinodagi hayot” faxriy mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Festival doirasida aktyor xalqaro tanlov hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ham faoliyat olib bordi.
Mukofot Rustam Sagdullayevning ko‘p yillik ijodiy faoliyati, milliy kino san’atini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini oshirishdagi xizmatlari uchun topshirildi.
Taniqli ijodkor 2021-yildan Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialida dars berib keladi. 2023-yilda shu institutning faxriy professori unvonini ham olgan.