“O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmi yulduzi Meri Rivera vafot etdi

E’lon qilingan sana· 305
“O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmi yulduzi Meri Rivera vafot etdi

Filippinlik aktrisa Meri Rivera 82 yoshida vafot etdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, aktrisa 15-aprel kuni AQShning Gonolulu shahrida hayotdan ko‘z yumgan.

Meri Rivera tomoshabinlarga “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmidagi ishtiroki bilan tanilgan. Film 2021-yilda ekranlarga chiqib, jahon prokatida 1,9 milliard dollar yig‘gan.

Franshizaning navbatdagi filmi — “O‘rgimchak odam: yangi kun” esa o‘tgan hafta premyera qilinib, prokatning ilk kunlaridayoq 1 milliard dollardan ortiq daromad to‘pladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling