“O‘rgimchak odam: yangi kun” 1 milliard dollar yig‘di

Sony va Marvel studiyalarining “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi jahon prokatida 1,052 milliard dollar yig‘di.
Film ushbu natijaga atigi olti kun ichida erishdi. Bu kino tarixidagi ikkinchi eng tezkor ko‘rsatkich bo‘lib, faqat “Qasoskorlar: Intiho” undan tezroq 1 milliard dollarlik marrani zabt etgan.
Kartina AQSh prokatida 407 million dollar, xalqaro bozorlarda esa 645,8 million dollar ishlab topdi. 2026-yilda milliard dollarlik daromadga erishgan filmlar qatoridan avvalroq “Super Mario: Galaktika filmi”, “Maykl” va “O‘yinchoqlar tarixi 5” ham o‘rin olgandi.
“O‘rgimchak odam: yangi kun” ilk dam olish kunlarida “Qasoskorlar” rekordini yangiladi
Marvel va Sony’ning “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi AQSh prokatidagi ilk dam olish kunlarida 360 million dollar yig‘ib, mamlakat tarixidagi eng yuqori debyut natijasini qayd etdi.
“O‘rgimchak odam: yangi kun” AQShda premyeraning ilk kunidayoq tarixiy rekord o‘rnatdi
Marvel’ning “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi AQSh prokatining ilk kunida 168 million dollarlik kassa yig‘imi to‘plab, tarixiy rekord o‘rnatdi.