Xivadagi "Qovun sayli"da MakSim ishtirokidagi konsert qanday oʻtdi? Fotoreportaj

E’lon qilingan sana· 227
Xivadagi "Qovun sayli"da MakSim ishtirokidagi konsert qanday oʻtdi? Fotoreportaj
Foto: Afisha.uz / Mirolim Isajonov

Rossiyalik mashhur pop-xonanda MakSim Xivada o‘tkazilgan “Qovun sayli” festivali doirasida 8-avgust kuni konsert berdi. U musiqiy kechada “Знаешь ли ты”, “Мой рай”, “Трудный возраст” kabi xit qo‘shiqlarini ijro etdi. Afisha.uz muxbiri dasturdan fotoreportaj tayyorladi.

7−9-avgust kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan an’anaviy “Qovun Sayli” festivali doirasida rossiyalik qo‘shiqchi MakSim konsert taqdim etdi. Xonanda o‘z repertuaridan o‘nga yaqin, xususan, “Ветром стать”, “Нежност”, “Трудний возраст”, “Знаешь ли ты”, “Мой Рай”, “Отпускаю”, “Не отдам” singari mashhur qo‘shiqlarini kuyladi. Ammo o‘zbekistonlik muxlislar ko‘nglidan chuqurroq joy olgan “Чужой” taronasini ijro qilmadi.

“MakSimning 2010-yilda Xalqlar do‘stligi san’at saroyida bo‘lgan konsertiga ham borganman. O‘shanda tomoshabinlarning deyarli yarmi o‘rnidan turib, sahnaga yaqinlashib, MakSim bilan birga qo‘shiq kuylagan. Kaminaga MakSimning barcha qo‘shiqlari, ayniqsa, „Знаешь ли ты“ va „Чужой“ yoqadi. Xivadagi konsert deyarli karaokedek o‘tdi, boshidan oxirigacha hamma birga jo‘r bo‘ldi. Lekin bunday konsertlar stadionga o‘xshagan kattaroq joylarda o‘tkazilsa, yanada qulay bo‘lardi”, — deydi Umida Qodirova ismli muxlis.

50 ming tomoshabin yig‘ilgan konsertda o‘zbekistonlik DJ Maсarella ham ijod mahsullari bilan chiqish qildi.

Dasturni boshlovchilar Davron Kabulov hamda Husnora Shadiyeva olib bordi.

Quyida tadbirdan koʻproq suratlar keltirilgan.

Mirolim Isajonov
Muallif va fotosuratchi
Mirolim Isajonov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Xivadagi "Qovun sayli"da MakSim ishtirokidagi konsert qanday oʻtdi? Fotoreportaj — Toshkent Afishasi