Yulduz Turdiyevaga xalq artisti, Bobur Yo‘ldoshev va Shohruhxonga xizmat ko‘rsatgan artist unvonlari berildi

E’lon qilingan sana· 396
Yulduz Turdiyevaga xalq artisti, Bobur Yo‘ldoshev va Shohruhxonga xizmat ko‘rsatgan artist unvonlari berildi

Prezident farmoni bilan bir guruh madaniyat va san’at soha vakillari mukofotlandi.

Jumladan, xonanda Yulduz Turdiyeva va Ilyos Arabov “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”, aktyor Bobur Yo‘ldoshev va qo‘shiqchi Shohruhxon (Shoxrux Yo‘ldoshev) esa “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvonlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, aktrisa Gulchehra Jamilova va O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling