Ulug‘bek Qodirov “Zo‘ri yo‘q” qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 175
Ulug‘bek Qodirov “Zo‘ri yo‘q” qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi

Taniqli aktyor va xonanda Ulug‘bek Qodirov yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni taqdim etdi. Tarona “Zo‘ri yo‘q” deb nomlanadi.

Ijtimoiy-tarbiyaviy mazmundagi videoda kibr, manmanlik, mansab va kuchga ortiqcha ishonishning oqibatlari haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, oila va yaqinlarni qadrlash g‘oyasi ilgari surilgan.

Klipda Barno Qodirova, Shohrux Hamdamov kabi aktyorlar suratga tushgan.

Avvalroq Ulugʻbek Qodirov Rossiyadagi Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topilgani haqida xabar berilgandi.

Ulug‘bek Qodirov Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

O‘zbekistonlik aktyor Ulug‘bek Qodirov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Rossiya va yaqin xorij davlatlari VII Xalqaro Lendok film festivalida (LEFF) “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling