"Men haqimda yangidan yoz". Konsta "34" klipini e’lon qildi

Reper Konsta yangi trek va unga ishlangan klipni premyera qildi. U “34” deb nomlanadi.
Xonanda qoʻshiqda 34 yoshini hayoti va ijodidagi o‘zgarishlarni sarhisob qilish bilan qarshi oladi. Reper kompozitsiyada depressiya, charchoq, soxta odamlardan uzoqlashish, mehnat va o‘z yo‘nalishidan chekinmaslik haqida gapiradi.
“Hammasi o‘tkinchi, sen o‘zingni yo‘qotma” degan qatorlar trekning asosiy g‘oyalaridan biridir. Konsta o‘tgan sinovlarga qaramay, kechagidan kattaroq bo‘lib borayotgani va o‘z yo‘lida harakat qilishda davom etayotganini ta’kidlaydi. “O‘ttiz to‘rtinchi kuz, yangi mavsum, yangi hayot” satrlari esa uning hayotidagi yangi bosqich kayfiyatini ifodalaydi.
Qo‘shiq yakunida u yangi albom tayyorlayotganini e’lon qiladi va o‘zgarganini “Wiki, ma’lumotlaring eski, men haqimda yangitdan yoz” qatori bilan ifodalaydi. Shu tariqa, “34” Konstanning o‘tgan davrini sarhisob qilib, hayotidagi yangi bosqichni qarshi olayotganini aks ettiradi.
“34” klipi YouTube’da bir kun ichida 100 ming martadan koʻproq tomosha qilindi.
Konsta yangi "Tun" nomli klipini e'lon qildi
Reper Konsta yangi trek va unga ishlangan klipni premyera qildi. U “Tun” deb nomlanadi.
Konsta "Qorincha" klipini e'lon qildi
Klip biroz noodatiy usulda suratga olingan: vertikal formatda va TikTok shablonida.