Rejissyor Zulfiqor Musoqovga Yangi Toshkentdan 3 xonali xonadon berildi

E’lon qilingan sana: · 249
Rejissyor Zulfiqor Musoqovga Yangi Toshkentdan 3 xonali xonadon berildi

Rejissyor Zulfiqor Musoqovga prezident sovgʻasi sifatida Yangi Toshkent hududida qurilayotgan koʻp qavatli uylardan 3 xonali xonadon berildi.

Zulfiqor Musoqov davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, ijod ahliga qaratilayotgan eʼtiborni alohida eʼtirof etdi.

“Bizga juda yoqdi, boshimiz osmonga yetdi. Chunki hammasi joyida. Bir soat oldin bunday voqea boʻlishini xayolimga ham keltirmagandim. Bu men uchun kutilmagan sovgʻa boʻldi”, — dedi rejissyor.

Ma’lumot uchun, Musoqov “Osmondagi bolalar”, “Vatan”, “Novda”, “Berlin-Oqqoʻrgʻon” kabi filmlar rejissyori hisoblanadi.

Oldinroq rejissyor tomonidan ishlangan “Fayzulla Xoʻjayev” filmining treyleri e’lon qilingandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling