Kamoliddin O‘rinboyev Qozog‘istonning II darajali “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori va O‘zbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari hamda bosh dirijyori Kamoliddin O‘rinboyev Qozog‘istonning II darajali “Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘ldi.
Mukofot Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev farmoni bilan topshirildi. Taqdirlash marosimi 2026-yil 29-oktyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi. Davlat mukofotini prezident topshirig‘iga binoan Qozog‘iston vitse-prezidenti Erlan Karin topshirdi.
Ushbu mukofot Kamoliddin O‘rinboyevning ko‘p yillik ijodiy faoliyati, musiqa san’atini rivojlantirish, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash va xalqaro ijodiy hamkorlikni kengaytirishga qo‘shgan hissasi e’tirofi sifatida berildi.
Sevara Nazarxon Qozog‘istonning II darajali “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Sevara Nazarxon Qozog‘istonning II darajali “Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘ldi. Mukofot unga ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash va madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.