Toshkent aeroporti boʻylab bolalar uchun ekskursiyaga arizalar qabuli boshlandi

E’lon qilingan sana· 1 300
Toshkent aeroporti boʻylab bolalar uchun ekskursiyaga arizalar qabuli boshlandi

Uzbekistan Airports “Toshkent” xalqaro aeroportiga bolalar ekskursiyasi uchun arizalarni qabul qilishni boshladi, deb xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati. Tadbir 26-iyunga mo’ljallanmoqda.

6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va unga hamrohlik qiluvchi shaxs pasportini pr@uzairports.com elektron manziliga yuborish orqali murojaat qilishlari kerak bo’ladi.

Arizalarni qabul qilish 20-iyun kuni soat 18:00 da yakunlanadi.

Ma’lumotga ko’ra, agar ishtirok etish uchun ariza tasdiqlansa, 2023-yil 23-iyungacha javob xati keladi. Ishtirokchilar soni cheklangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling