Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

E’lon qilingan sana· 104
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

Respublika bolalar kutubxonasi tashrif buyuruvchilarni ma’rifiy dasturga taklif etadi.

Jadval:

18-noyabr

Transformer zali

11:00 dan 12:00 gacha — Bolalar uchun inglizcha kitob to’garagi.

Ishtirokchilar “Usborne Sound Books” turkumiga mansub “Let's Get Dressed”, “Playtime”, “Zoo Sounds” kitobchalarini mutolaa qilishadi. Kitoblarda hayvonlar va ularning do‘stlariga oid quvnoq sarguzashtlar haqida hikoya qilinadi. Sodda grammatika va qiziqarli syujet — ingliz tilini o‘rganish uchun kitobning muqarrar yutug‘idir. Erta rivojlanish bo’yicha mutaxassis Inoyat Sodiqova bilan birgalikda bolalar ingliz tilida matnlar o’qib, qo’shiqlar kuylashadi. Ota-onalarning shu yerda bo’lishlari majburiy.

Til: inglizcha.
Yoshi: 5 yoshgacha.


13:00 dan 14:00 gacha — Qunt bilan o‘qish ijod ustaxonasi.

Ishtirokchilar Leo Lionnining “Petsetino” nomli kitobini Karina Javliyeva bilan o‘qib, muhokama qilishadi. Kitob qahramoni — o‘zining qanday qilib dunyoga kelganini tushunishni xohlaydigan mitti olovrang to‘rtburchak. Petsetino o‘zini kim tomonidan tushirib qoldirilganini bilish uchun safarga otlanadi. Modomiki u shunday mittivoy ekan, demak u qandaydir katta bir narsaning bo‘lagi bo‘lishi lozim emasmi? Leo Lionni qahramonlarni turfa rangli qog‘oz parchalaridan to‘playdi. Uchrashuvda shakl va ranglar orqali qahramonlarning kayfiyati va fe’l-atvorini qanday bilish mumkinligi muhokama qilinadi, turli rangli bo‘laklardan shakllar yasaladi.

Til: ruscha
Yoshi: 5+


16:00 dan 17:00 gacha — Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi.

Bolalar fransuz illyustrator rassomi Barruning “Qayerdasiz?” kitobi bilan tanishishadi. Zerikkan sher bolasi hayvonlarga bekinmachoq o‘ynashni taklif etib, ularni kitob sahifalaridan bearmon izlaydi. Ammo u ayrim hayvonlar yer yuzidan yemirilib ketganliklarini tasavvur ham qila olmaydi. Bolalar bilan yo‘qolib borayotgan hayvonlar turlari, tabiatga nisbatan bezavol munosabatda bo‘lish hamda biologik xilma-xillikni saqlashning ahamiyati haqida suhbat quriladi. Uchrashuvning maxsus mehmoni “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori Saida Toʻrabekova.

Til: ruscha
Yoshi: 7+


19-noyabr

Transformer zali

14:00 dan 15:00 gacha — bolalar uchun ijodiy insho mahorat darsi.

Ishtirokchilar muallima Munavvarxon Sultonova bilan birgalikda ertak qahramonlarini tanlashadi va ular ishtirokida inklyuziv jamiyat qadriyatlarini aks ettiruvchi yangi voqealar rivojini o‘ylab topishadi. Hikoyalar yaratib, atrofdagi olam, g‘amxo‘rlik va insonlarga nisbatan hurmat va mehr-muhabbat masalalariga turlicha yondashish mumkinligi muhokama qilinadi.

Til: o’zbekcha
Yoshi: 7+


19-noyabr

Rangtasvirli zal

12:00 dan 13:00 gacha — san’at ixlosmandlari to‘garagining Bolalar akademiyasi musavviri va muallimasi Liliana Valiullina bilan uchrashuvi.

Bolalar Veronika Masseno va Bryuno Pilojening “Ulkan to‘lqin” kitobini mutolaa qilishadi. “Kanagavadagi ulkan to‘lqin” bu XVIII-XIX asrlardagi o‘zgarayotgan dunyo manzaralari musavviri, illyustrator va o‘ymakor Katsusika Hokusayaning dong‘i ketgan gravyurasidir. Kitob mualliflari durdona asardan ilhomlanib, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish, mashaqqatlarni yengib o‘tish va eng shiddatli gumburlagan momaqaldiroqdan keyin ham hamisha oftob kulib chiqishi haqida she’riy hikoya yaratishadi.

Til: rus
Yoshi: 5+


19-noyabr

Majlislar zali

15:00 dan 16:00 gacha — Kattalar uchun me’morchilik to‘garagining yig‘ilishi.

Me’morchilik tarixi va innovatsiyalari haqidagi o‘zaro bilim, kuzatish va mulohazalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida hamfiklar va ishtiyoqmand talabalar hamda amaliyotchi me’morlar yana bir joyda yig’ilishadi. Bu safar energiya iste’moli 0 darajadagi uylar haqida suhbatlashib, bunga munosib misol — konstruksiyasida shamol turbinalari o‘rnatilgan Bahrayndagi Jahon savdo markazi ko‘rib chiqiladi.

Til: rus
Yoshi: 14+

Ishtirok etish bepul.
O’rindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali ro’yxatdan o’tish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ