O‘zbekistonda 2023-yilda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum qilindi

E’lon qilingan sana· 13 618
O‘zbekistonda 2023-yilda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2023-yilda chaqaloqlarga qo‘yilgan eng ko‘p ismlar ro‘yxatini e’lon qilindi. Unga ko‘ra, yil davomida qiz bolalarga eng ko‘p Soliha, o‘g‘il bolalarga esa Muhammadali ismi berilgan.

Ta’kidlanishicha, 2023-yilda mamlakatda 968 140 nafar bola tug‘ilgan, ularning 501 577 nafari o‘g‘il, 466 563 nafari esa qiz boladir. Jinslar kesimida bolalarga qo‘yilgan ismlar orasida Soliha va Muhammadali yetakchilik qilmoqda. Ular mos ravishda 24 365 va 27 431 nafar bolaga qo‘yilgan. Qizlar orasida Muslima va Yasmina ismlari kuchli uchlikka kirgan. O‘g‘il bolalar ismlari orasida esa 2-o‘rinda 22 880 ta natija bilan Mustafo turadi, 3-o‘rinda esa Abdulloh — 18 116 ta.

O‘zbekistonda chaqaloqlarga qo‘yilgan eng ko‘p qo‘yilgan 10 ta ism ro‘yxati quyidagicha.

“Gazeta.uz"ning Adliya vazirligiga tayanib xabar berishicha, Muhammadali ismi eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ro‘yxatida 2019-yildan buyon ketma-ket yetakchilik qilib kelmoqda. Soliha ismi esa 2018-yildan buyon ro‘yxatda yetakchi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ