Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

E’lon qilingan sana· 81
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturga taklif etadi.

Jadval:

1-fevral

Kichik transformer zali

16:00 dan 17:30 gacha — “Stol o‘yinlari to‘garagining yig‘ilishi”.

Bu safar diqqat-e'tibor xayoliy tafakkurni rivojlantirib, ishtirokchilarning ijodiy salohiyatlarini kashf etuvchi “Diksit” va “Timsoh” nomli ikki o‘yinga qaratiladi. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, ijodkorlik bobida bellashishadi.

Yosh: 13+.


Katta transformer zali

17:00 dan 18:00 gacha — “To‘qish to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar ekologik ashyolardan tayyorlanadigan aksessuarlar dizayneri Susanna Kadirova bilan birgalikda to‘qish asoslarini bilib olishadi, to‘g‘ri ustunli to‘r to‘qishni o‘rganib, yaxlit salfetkani bog‘lashga urinib ko‘rishadi.

Ishtirok etish uchun 5 mm qalinlikdagi pilta va unga mos kalava iplarni olib kelish talav etiladi.

Yosh: 13+.


3-fevral

Kichik transformer zali

12:00 dan 13:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar radioboshlovchi, kutubxona xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birgalikda hind adibasi Anuradhaning yangi talqindagi “Boburning hikoyasi. Shahzoda, shoh, donishmand” kitobining boblarini mutolaa qilishadi. O‘tgan shanba kuni navqiron shahzodaning ilk umr so‘qmog‘i, ulkan yutuqlari, yo‘qotishlari va surgundagi yillari haqida so‘z yuritilgan edi, bu safar esa uning muhabbati, Hirot sari ajib sayohati hamda Temuriylar saltanati podshohi maqomiga erishguniga qadar bosib o‘tgan murakkab yo‘li haqida bilib olishadi.

Bu “Boburning hikoyasi” mavzusidagi uchta uchrashuvning ikkinchisidir.

Til: oʻzbek.

Yoshi: 5+.


14:30 dan 15:30 gacha — “San'at ixlosmandlari to‘garagining Bolalar akademiyasi rassomi va o‘qituvchisi Liliana Valiullina ishtirokidagi yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar Aleksis Draosning “San‘atdagi fazogirlik. Uyg‘onish davridan hozirgi kunlargacha” kitobini mutolaa qilishda davom etishadi. Bu safar XVIII-XIX asr suratlariga bag‘ishlangan boblar o‘rganiladi. Ilmiy kashfiyotlar rasmlardagi samo tasvirini qanday o‘zgartirgani, kometa va meteorlar esa kompozitsiyaning markaziga aylanganini muhokama qilinadi.

Til: rus.

Yoshi: 6+.


Katta transformer zali

15:30 dan 16:30 gacha — “San'at orqali mualojachi, muallima Lada Nevskaya ishtirokida kattalar uchun ijodiy ishlar mahorat darsi”.

Ishtirokchilar tabiiy ashyolar bo‘lmish novda, barg, qum va daraxt po‘stloqlaridan kompozitsiya yasashadi.

Til: rus.

Yoshi: 16+.


Majlislar zali

12:00 dan 12:30 gacha — “Dunyoviy va ishbilarmonlik xulq-atvori bo‘yicha mutaxassis Umida Muslimova ishtirokida ota-onalar va bolalar uchun odob-axloq mahorat darsi”.

Ishtirokchilar mazkur bilim va ko‘nikmalar nima ekani va nima uchun kerakligini bilib, dunyoviy va biznes odob-axloq qoidalarini farqlashni o‘rganishadi, yangi jamoaga qanday qo‘shilish lozimligi hamda maktab direktori bilan suhbatdan o‘tish taomilini muhokama qilishadi.

Til: rus.

Yoshi: 7+.


4-fevral

Majlislar zali

12:00 dan 14:00 gacha — “Musiqa cholg‘ulari bilan tanishuv” turkum tadbirlar davomi.

Bu safar ovoz tuzilishi tahlil qilinadi. Ishtirokchilar konsertmeyster, fortepiano va solfedjio muallimasi Lenora Nurullina bilan birgalikda serovoz kuylash nima ekani, xorning paydo bo‘lishi tafsilotlarini o‘rganib, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bitiruvchilari, o‘z kasbining usta vokal ijrochilarining jonli chiqishlarini tinglashadi hamda alt, soprano va messo-sopranolarni bir-biridan farqlashni o‘rganishadi.

Yoshi: 5+.


Kichik transformer zali

14:00 dan 15:00 gacha — “Karina Javliyeva ishtirokida qunt bilan o‘qish ijod ustaxonasi”.

Ishtirokchilar shved yozuvchisi va rassomi Ulrika Kesterening “Yovvoyi qo‘shnilar” kitobini o‘qib, muhokama qilishadi. Bizga o‘xshamas insonlar bilan qanday qilib til topishish haqida suhbatlashishadi va yirtqich mushuklarning applikatsiyalarini yasashadi.

Kitob qahramoni — o‘ziga ta’til uchun kulba sotib olgan quyoncha. Ammo dam olishning avval beliga tepiladi: uycha yonida uni favvoradan suvni chapillatib ichayotgan to‘rtta yovvoyi mushuk qarshi oladi. Berahm yirtqichlar quyonchaning do‘stlariga aylanishlari mumkinmi?

Til: rus.
Yoshi: 5+.


15:30 dan 17:00 gacha — “Stol o‘yinlari to‘garagining yig‘ilishi”.

Kelayotgan yakshanbada diqqat-e'tibor xayoliy tafakkurni rivojlantirib, ishtirokchilarning ijodiy salohiyatlarini kashf etuvchi “Diksit” va “Timsoh” nomli ikki o‘yinga qaratiladi. Guruhlarga bo‘linib, ijodkorlik bobida bellashiladi.

Yosh: 13+.


Ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ