Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'naviy dastur

E’lon qilingan sana· 59
Respublika bolalar kutubxonasida ma'naviy dastur

Respublika bolalar kutubxonasi sizni ma’rifiy dasturga taklif etadi.

Jadval:

17-fevral

Kichik transformer zali

13:00−14:00

Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi. Radioboshlovchi, kutubxona xodimasi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birgalikda litvalik yozuvchi va rassom Lina Jutautening “Tosya-Bosya va boy berilgan vaqt” asarini o‘qib, muhokama qilinadi.

Bosh qahramon Tosya Bosya oila a’zolari bilan birga vaqt o‘tkazishni nihoyatda istar edi, lekin ularning hech birida bo‘sh vaqt yo‘q edi. U qayerga ketdi-ya? Ehtimol, vaqtni sehrlab, yeb qo‘yishgan yoki undan ham yomoni o‘g‘irlab ketishgandir? Zumrasha Tosa Bosya haqidagi oddiygina hikoya bilan tanishamiz va soat ko‘rinishidagi hunar namunasi yaratiladi.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Yosh chegarasi: 5+

Tillar: oʻzbek va rus.
Yoshi: 5+.


14:00−15:00

San’at ixlosmandlari to‘garagining Bolalar akademiyasi rassomi va o‘qituvchisi Liliana Valiullina ishtirokidagi uchrashuvi. Polina Fadeyevaning Anna Alyamova rasmlari bilan bezatilgan XX asrning buyuk me’morlari haqidagi “Bularning barchasini kim qurgan?” ilmiy-ommabop kitobini mutolaa qilinadi.

Har bir me’morga uchta tutash sahifa bag‘ishlangan: tarjimai hol, asosiy ijod namunasi va u haqidagi bir nechta eng qiziqarli tafsilotlar. To‘garak yig‘ilishida fin me’mori Alvar Aaltoning ijodini tahlil qilinadi. Nima uchun uni yorug‘lik me’mori deb atashgani va Paymio shahridagi sil kasallari sihatgohi soyasiz qanday faoliyat yuritishi, Aalto nimaga o‘z binolari uchun jihozlarni loyihalashtirgani hamda “Stool 60” qay tarzda ommaboplashgani haqida suhbat olib boriladi.

Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 6+


Majlislar zali

14:30−16:30

Telejurnalist va yozuvchi Muxtor G‘aniyevning “Sharof Rashidov haqidagi haqiqatim” kitobi taqdimoti.

Muallifning Sharof Rashidovich bilan bog‘liq shaxsiy uchrashuvlari va qiziqarli voqealar haqidagi hikoyalari tinglanadi. Shuningdek, o‘z xotiralari bilan yozuvchi Muhiddin Polvon va shoir Raim Farhodiy o‘rtoqlashadilar.

Sharof Rashidovning 1965-yilda “Kashmir qo‘shig‘i” ertak-qissasi asosida suratga olingan Vladimir Polkovnikovning “Nargis” multfilmini birgalikda tomosha qilinadi.

Muloqot tili: rus va o‘zbek tillari
Yosh chegarasi: 6+


16:30−17:30

“Musiqa cholg‘ulari bilan tanishuv” turkum tadbirlarimizni davom ettirilib, bu safar konsertmeyster, fortepiano va solfedjio muallimasi Lenora Nurullina, o‘z kasbining usta gitara ijrochisi hamda “Flamingo” maktabi muallimi Ilnur Usmanov bilan birgalikda gitarani tadqiq etiladi.

Gitara qanday qismlardan iborat ekani va nima uchun Ispaniyani uning vatani deb isoblanishini bilib olinadi. Mumtoz, elektro va bas gitaralar o‘rtasidagi tafovut hamda nima uchun ta’limni mumtoz musiqadan boshlashning afzalligini tahlil qilamiz, janrlarni yaxshiroq tushunish uchun esa Gennadiy Gladkovning “Bremen musiqachilari” rok-n-rollidan tortib Garri Uorrenning tillarda doston “Chattanuga chuchu” jazigacha bo‘lgan mashhur kompozitsiyalar tinglanadi.

Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 5+


18-fevral

Kichik transformer zali

11:00−12:00

Eng jajji kichkintoylar uchun kitob to‘garagi uchrashuvi. Yozuvchi Yelena Makarova bilan birgalikda uning yangi to‘plamidan ertaklarni mutolaa qilinadi. Ulardan biri chin do‘stlik haqidagi ibratli “Kapalak” hikoyasi hisoblanadi.

Voqealar markazida qanotchalari turdosh hasharotlarning qanotlaridan farqlanuvchi Kapalak. Uning qanotlari rang-ro‘ysiz bo‘ladi. Shu bois boshqa kapalaklar u bilan gaplashishni istamaydilar. Ammo qahramonimiz g‘am-g‘ussaga cho‘kmay, Ona tabiatdan ko‘mak so‘rab, chin do‘stlarni orttiradi.

Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 0+


14:00−15:00

Karina Javliyeva ishtirokida qunt bilan o‘qish ijod ustaxonasi. Italyan yozuvchisi Izabella Palyaning “Quti” kitobini mutolaa va muhokama qilinadi. Mehribonlik va g‘amxo‘rlikning kuchi haqida suhbatlashib, o‘rmon manzarasi aks etgan ko‘p hajmli tabriknomalar yasaladi.

Kitob voqealari markazida ichida sirli notanish odam bor quti. Topilma hamma jonivorlarni bezovta qiladi: u yerda kim bor va qanday qilib o‘rmonda kelib qoldi? Bir narsa aniq-ravshan: janob hech kim qutidan chiqishni istamaydi.

Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 5+


15:30−17:00

Stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagining yig‘ilishi. Kelayotgan yakshanbada diqqat-e'tiborni sara to‘plamlardan o‘rin olgan ikki o‘yinga qaratiladi. Munosabat tezligi va xotirani charxlovchi “Mulohaza yuritish” hamda o‘yin chog‘ida jinoyatlarni o‘rganib, izquvarlik mahoratini ishga soluvchi “Xufiya solnomalar” o‘ynaladi.

Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 13+


Majlislar zali

13:00−14:00

Bolalar va o‘smirlar uchun jo‘r bo‘lib xor kuylash mahorat darsi. O‘zbekistondagi eng keng ko‘lamli jamoa xori “The Urban Choir” asoschisi, vokal ijrochisi va dirijyor Kseniya Dilek bilan birgalikda xor qo‘shiqlari asoslari va jamoaviy vokal amaliyotining insonning kundalik hayotiga ta’siri haqida bilib olishadi.

Ovoz apparati bilan ishlash uchun oddiy vositalar va asosiy ritmik mashqlar bilan tanishib, bir nechta vokal partiyalarni ijro etishadi. Qanday ovoz pardalarining mavjudligi va xorga dirijyorning nega kerakligi haqida suhbat . Muntazam vokal amaliyotlari ovoz va tana nafas olish tizimining rivojiga hissa qo‘shadi. Jamoaviy kuylash esa o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni rivojlantirib, ruhiy zo‘riqish darajasini jilovlash, o‘zini musiqa va qo‘shiq qiziqishlari bilan birlashgan kishilar jamoasining bir qismi sifatida his etishga yordam beradi.

Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 10+


Ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval