Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dasturlar

E’lon qilingan sana· 74
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dasturlar

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturlarga taklif etadi.

Jadval:

13-aprel

Kichik transformer zali

12:00 dan 13:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar fransuz yozuvchilari Karol Satyurno va Emma Julianining “Grekomaniya” kitobini muallima Karina Javliyeva hamda uchrashuvning maxsus mehmoni, haykaltarosh va “Dvoe” kulolchilik ustaxonasi asoschisi Darya Kunayeva ishtirokida o‘qib, muhokama qilishadi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 7+.


14:00 dan 15:00 gacha — “Xitoycha kitob to‘garagining yig‘ilishi”.

Qatnashchilar bolalar va kattalar uchun xitoy tili “laoshi"si — ustozi Sani Saikal bilan birgalikda “Disney Learning” ta’lim qo‘llanmalari turkumidan “Mikki Mouse” kitobi bilan tanishishadi. Sichqoncha va uning do‘stlari qanday qilib bog‘da gulchalar ekishga ahd qilishgani haqidagi qisqa hikoya misolida iyerogliflarni o‘qishni o‘rganishadi.

Til: xitoy va rus.
Yosh chegarasi: 6+.


15:30 dan 17:00 gacha — “Bolalar uchun stol o‘yinlari ixlosmandlarining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar e’tiborini “Qiziqishlar dunyosi” turkumiga mansub “Mulohaza yuritish — o‘smirlar” o‘yiniga qaratadi. Ishtirokchilar so‘zlarni bir-birlariga turli usullar, so‘z, rasm, imo-ishora yoki tovushlar vositasida tushuntirishlari zarur bo‘ladi. So‘z boyligini oshirib, xayoliy tafakkur hamda ijodiy salohiyatlarni rivojlantiradi.

Til: rus.
Yoshi chegarasi: 7+.


14-aprel

Katta trabsformer zali

11:00 dan 12:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi'.

Ishtirokchilar “Qahramonlar davri” ekologik turkumiga oid “Anubis Maymunus va hayvonlarning arvohlari” kitobini muallif Madina Mo‘minova ishtirokida o‘qib, muhokama qilishadi

Til: rus.
Yosh chegarasi: 7+.


Kichik transformer zali

14:00 dan 15:00 gacha — “Qunt bilan o‘qish ijod ustaxonasi”.

Ishtirokchilar italyan yozuvchisi Luka Tortolinining “Fransua Tryuffo. Kinodagi bolakay” kitobini muallima Karina Javliyeva ishtirokida mutolaa va muhokama qilishadi. Matonat va orzularimizga sodiqlik haqidagi hikoya bilan tanishib, mavzuga oid qo‘l mehnati namunasini yasayd.

Til: rus.
Yoshi сhegarasi: 7+.


15:30 dan 17:00 gacha — “O‘smirlar uchun stol o‘yinlari ixlosmandlarining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar ikkita komiks rassomlari Fedor Komiks va Vitaliy Terletskiyning “Tasavvurlar jangi” o‘yiniga e’tibor qaratishadi.

Juftlarga bo‘linib, qahramonlar va xususiyatlar qartalarini sug‘rib, o‘z qahramonlarimizni o‘ylab topadi. Har bir o‘yinchi o‘z tasavvuri va zukkoligiga erk berishi va uning jangchisi nima uchun raqibining qahramonidan kuchliroq ekanligini tushuntirishi zarur bo‘ladi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 13+.


Ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ