Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

E’lon qilingan sana· 58
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dastur

Respublika bolalar kutubxonasi sizni ma’rifiy dasturga taklif etadi.

Jadval:

11-may

Kichik transformer zali

  • 15:00−16:00

Rassom, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi Umida Hamroyeva hamda “IXLOS: yosh ijodkorlar ustaxonasi” loyihasining ko‘ngillilari ishtirokida Barb Rozenstok va Mari Granpre qalamiga mansub “Vinsent uxlay olmayapti” kitobi asosida ijodiy mahorat darsi.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari, rus imo-ishora tiliga izchil tarjima imkoniyati bilan.
Yosh chegarasi: 6+


Katta zal

  • 16:30−17:00

O‘zbekistonda ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar uchun ta’limning tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘ylab sayohat. Loyiha mualliflaridan biri, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining inklyuziv masalalar bo‘yicha maslahatchisi Mirsaid Muxtorov bilan birgalikda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar foydalanadigan kitoblar, harf terish va yozuv moslamalarini koʻrib chiqadi.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Yosh chegarasi: 9+


12 may

Kichik transformer zali

  • 12:00−13:00

Qunt bilan o‘qish ijod ustaxonasi. Xitoylik yozuvchi va musavvir Chenlyan Chjuning “Uchqunoy” kitobini muallima Karina Javliyeva ishtirokida mutolaa va muhokama qilinadi.

Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 5+


  • 14:00−15:00

Xitoycha kitob to‘garagining yig‘ilishi. Bolalar va kattalar uchun xitoy tili “laoshi"si — ustozi Sani Saikal bilan birgalikda “Disney Learning” ta’lim qo‘llanmalari turkumiga mansub “Vinni Pux” kitobi bilan tanishiladi.

Muloqot tili: xitoy va rus tillari
Yosh chegarasi: 6+


  • 16:00−17:00

Inglizcha kitob to‘garagi. Ingliz tili o‘qituvchisi Umida Qodirova ishtirokida amerikalik yozuvchi va rassom Sheron Smit Keynning “Little Golden Book” turkumiga mansub “Jajji ona” asarini o‘qib, muhokama qilinadi.

Muloqot tili: ingliz tili
Yosh chegarasi: 7+


Kutubxona hovlisi

  • 16:00−17:00

O‘smirlar uchun stol o‘yinlari ixlosmandlarining yig‘ilishi. Bu safar ikkita komiks rassomlari Fedor Komiks va Vitaliy Terletskiyning “Tasavvurlar jangi” o‘yiniga e’tibor qaratiladi.

Muloqot tili: rus tili
Yosh chegarasi: 13+


Barcha tadbirlarda ishtirok etish bepul.
Joylar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ