Anons

Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dasturlar

E’lon qilingan sana· 59
Respublika bolalar kutubxonasida ma'rifiy dasturlar

Respublika bolalar kutubxonasi ma’rifiy dasturlarga taklif etadi.

12-iyul

Kichik transfomer zali

11:00 dan 11:45 gacha — “Kichkintoylar uchun kitob to‘garagi”.

O‘qituvchi va kutubxona xodimasi Marhabo Aminova bilan birgalikda “Little Big Feelings” (“Kichik ulkan tuyg‘ular”) turkumiga mansub “I can say sorry” (“Uzr so‘ray olaman”) rasmli kitobi bilan tanishadi.

Til: oʻzbek.
Yosh chegarasi: toʻrt yoshgacha, ota-ona birga boʻlishi talab qilinadi.


13-iyul

Kichik transfomer zali

13:00 dan 14:00 gacha — “Bolalar kitob to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar britaniyalik yozuvchi va illyustrator Rob Skottonning “Shmyak va yozgi ta’til” kitobini o‘qib, Shahzoda Jo‘rayeva bilan birga yozgi ishlari rejasini tuzadi.

Tillar: oʻzbek va rus.
Yosh chegarasi: 5+.


15:00 dan 16:00 gacha — “Koreys kitob to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar koreys tili o‘qituvchisi Dilshhoda Yo‘lbarsova bilan birgalikda “Hayvonlar niqoblari” kitobidan yovvoyi va xonaki hayvonlar olamidan so‘zlarni yodlaydi.

Til: koreys, oʻzbek va rus tillarida.
Yosh chegarasi: 6+.


Kutubxona hovlisi

18:00 dan 19:30 gacha — “Kattalar uchun stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar bor e’tiborini “Katan” o‘yiniga qaratadi. Til: rus.


14-iyul

Uchrashuv xonasi

16:00 dan 17:00 gacha — “O‘smirlar uchun moliyaviy savodxonlik to‘garagining ilk uchrashuvi”.

Ishtirokchilar O‘zbekiston Markaziy banki mutaxassislari bilan birgalikda pul mablag‘larini boshqarish va bank xizmatlaridan xavfsiz foydalanishni muhokama qiladi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 12−15 yosh.


Kichik transformer zali

16:00 dan 17:30 gacha — “Stol o‘ynlari yosh ixlosmandlari to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar e’tiborini “Yulduzli imperiyalar” oʻyiniga qaratadi.

Til: rus.
Yoshi chegarasi: 13+.


18:00 dan 19:00 gacha — “O‘smirlar va kattalar uchun kitob to‘garagining yig‘ilishi”.

Ishtirokchilar Moskva davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi, kutubxona xodimi Amina Mammayeva bilan “Martin Iden” romanini va XX asr boshlari Amerika jamiyati voqeligini muhokama etadi.

Til: rus.
Yosh chegarasi: 16+.

Ishtirok etish bepul.
Oʻrindiqlar soni cheklangan. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ