Anons

Inglizcha kitobxonlar klubi: "Maykl Jordan" (5+)

E’lon qilingan sana· 715
Inglizcha kitobxonlar klubi: "Maykl Jordan" (5+)

Respublika bolalar kutubxonasining kichik transformerlar zalida bolalar uchun inglizcha kitobxonlar klubi tashkil etiladi.

Ishtirokchilar ingliz tili o‘qituvchisi va kutubxona xodimi Marhabo Aminova bilan birgalikda ispan yozuvchisi Mariya Isabel Sanches Vegaraning Lo Xarris illustratsiyalari bilan yaratilgan “Kichik odamlar, katta orzular” turkumidagi “Maykl Jordan” asarini o‘qib, muhokama qiladi.

Mehmonlar mashhur basketbolchining hayoti tarixi bilan tanishadi va Jordanning past boʻyi maktab jamoasiga qo‘shilishiga to‘sqinlik qilmaganini, mashg‘ulotlar va o‘ziga bo‘lgan ishonch uni eng yirik professional liganing bir qismi bo‘lishiga qanday yordam berganini, qat’iyat va maqsadga intiluvchanlik esa uni basketbol tarixida afsonaga aylantirganini hamda dunyodagi ko‘plab odamlar uchun ilhom manbai bo‘lganini bilib oladi.

Tadbir ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etilgan yosh: 5+.

Ishtirok etish bepul.

Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

    Telegram kanalimizga obuna bo‘ling